Ukrainada Yevropa Ittifoqiga to‘liq a’zolik bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Bosh vazir Denis Shmigal va Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk bugun, 1 iyul kuni Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zolikka erishish bo‘yicha Qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

Oliy Rada yig‘ilishida imzolangan hujjat strategik maqsad – Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishiga erishishga qaratilgan. 

“Bugun biz qo‘shma bayonotni imzolayapmiz, bu hukumatning barcha bo‘g‘inlari birligidan dalolat beradi va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lish strategik maqsadiga erishish yo‘lidagi qat’iyligimizdan dalolatdir”, deydi Zelenskiy Oliy Rada minbaridan turib. 

Davlat rahbariga ko‘ra, bu bayonotning imzolanishi urushning beshinchi kunida Yevropa Ittifoqiga kirish to‘g‘risidagi arizaning imzolanishi bilan bir xil ma’noga ega. 

“Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olish uchun bizga 115 kun kerak edi. To‘liq a’zolik yo‘limiz o‘nlab yillar davom etmasligi kerak. YeIdagi do‘stlarimiz yana bir tarixiy qarorni tezroq qabul qilishlari uchun biz o‘z ishimizni beg‘araz bajarishimiz kerak”, deydi Zelenskiy. 

Ukraina rahbari mamlakatni YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga jadal va mas’uliyat bilan tayyorlash zarurligini ta’kidladi. 

“Bu zaldagi Yevropa Ittifoqi bayrog‘i barchamizning, davlatning barcha idoralarining burchining ramzidir”, deydi Zelenskiy. 

Prezident Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi nafaqat geosiyosiy maqsadni ko‘zlashini, balki har bir oila va kompaniyaga ma’lum foyda keltirishini ta’kidladi.

Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy 6 iyun kunidagi murojaati chog‘ida Ukraina yaqin haftalarda o‘z nomzodligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqning qarorini kutayotganini aytgandi.

28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi. 

21 mart kuni Yevropa komissiyasi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha ish boshlaganini ma’lum qildi. Yevrokomissiyaning tavsiyasi bilan Yevropa Ittifoqi Kengashi qaror qabul qiladi.

8 aprel kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog‘ida Prezident Vladimir Zelenskiyga Ukrainaning Kopengagen mezonlariga muvofiqligi haqidagi so‘rovnomani topshirdi – bu Yevropa Ittifoqiga  a’zolikka nomzod maqomini olish uchun zarur qadam bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing