Rossiya Ukrainaga yana raketa “yog‘dirishni” boshladi
Olam
−
11 Oktabr 2022
20236Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi Ladijin issiqlik elektr stansiyasiga bugun, 11 oktyabr kuni ertalab ikkita “Shahed-136” kamikadze dronlari bilan hujum qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi rahbari Sergey Borzov ma’lum qildi. Keyinchalik u xabarni tahrir qilib, undan tafsilotlarni olib tashladi va faqat “snaryadlar nishonga tegdi” deb yozib qo‘ydi.
“Janub” havo qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, 11 oktyabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Nikolayev viloyatida “Shahed-136” tipidagi beshta kamikadze dronini va Odessa ustidan uchta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qilgan.
11 oktabr kuni ertalab Ukrainaning barcha hududlarida yana havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati fuqarolarga raketa zarbalari xavfi haqida ogohlantirishlar yuborishni boshladi.
Mahalliy Telegram kanallari Rivne va Nikolayevdagi portlashlar, shuningdek, Odessa, Kiyev va Vinnitsa viloyatlaridagi havo hujumidan mudofaa ishi haqida xabar bermoqda. Shuningdek, Kiyev, Nikolayev viloyatlariga o‘nlab raketalar uchirilgani, havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgani aytilmoqda.
Dnepropetrovsk viloyatining Krivoy Rog shahri harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkulning ma’lum qilishicha, shaharga qarata 20 ta qanotli raketalaruchirildi: 10 tasi Kaspiy dengizidan, 10 tasi Saratovdan.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumotlar hozircha berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bugun, 10 oktyabr kuni Kiyev markazi, Kiyev viloyati, Dnepr, Ivano-Frankovsk, Xarkov, Xmelnitskiy, Kirovograd, Lvov, Nikolayev, Sumi, Ternopol, Vinnitsa, Zaporoje va Jitomir viloyatlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan tezkor yig‘ilishda Ukrainadagi harbiy qo‘mondonlik, energetika va aloqa ob’ektlariga ommaviy zarba berilganini e’lon qildi.
LiveBarchasi