Ukrainada urushning yettinchi kuni qanday o‘tdi? (fotoreportaj)
Olam
−
03 mart 2022
17784Joriy yilning 24 fevral kuni ertalab Rossiya Prezidenti Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qilish hamda Ukrainani “denatsifikatsiya” va “demilitarizatsiya” qilish uchun ushbu mamlakatga qo‘shin kiritib, urush boshlaganidan keyin mana yetti kun o‘tdi.
Bir haftadirki, Kiyev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlar yaqinida janglar davom etmoqda. Shaharlar aholisi metro bekatlarida va yer osti avtoturargohlarida jon saqlamoqda.
Ayrimlar esa mamlakatdan qo‘shni davlatlarga qochib ketgan: BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urushning olti kunida 836 ming qochqin Ukrainani tark etgan. Quyida urushning yettinchi kunidan suratlarni ko‘rishingiz mumkin.
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan yetti kunda urushda 498 nafar rus harbiysi halok bo‘lganini, 1,5 mingdan ortig‘i jarohatlanganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni esa Rossiya urushda 9 ming askarini yo‘qotganini aytdi.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari orasida 2870 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 3700 ga yaqini yaralangan. Rasmiy Kiyev bu boradagi so‘nggi ma’lumotlarni hozircha e’lon qilmadi.
LiveBarchasi