Ukrainada urush oqibatida halok bo‘lganlar soni salkam yarim millionga yetdi
Olam
−
25 avgust 2023
4114Rossiya-Ukraina urushi oqibatida halok bo‘lganlar (tinch aholi va harbiy xizmatchilar)ning umumiy soni salkam yarim million kishiga yetdi. Bu haqda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Dikarlo ma’lum qildi.
“Biz faqat urushning tasdiqlangan qurbonlari haqida gapiryapmiz va haqiqiy raqamlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Ukrainadagi urushda bir yarim yil davomida kamida 9444 nafar tinch aholi, jumladan 545 nafari bolalar halok bo‘lgan. 17 mingga yaqin odam, jumladan 1156 nafar bolalar jarohatlangan”, deydi Dikarlo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya don kelishuvidan chiqqanidan keyin urushlar faqat kuchaygan.
“Qora dengizda navigatsiya erkinligiga tahdid kuchaymoqda. Rossiyaning shafqatsiz va tinimsiz hujumlari oqibatida Ukrainaning Qora dengiz va Dunay portlaridagi don eksporti infratuzilmasi zarar ko‘rdi va bu butun dunyo uchun juda muhtoj bo‘lgan oziq-ovqat eksportini xavf ostiga qo‘ydi”, deydi kotib o‘rinbosari.
Shuningdek, u urush boshlanganidan beri UNESCO 284 ta tarixiy va madaniy merosi ob’ektiga, jumladan, 120 ta cherkovlarga zarar yetkazilganini ma’lum qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bugungi kunga qadar mojarolar bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlikning 173 ta holatini tasdiqlagan.
Dikarloning qayd etishicha, ayni paytda Ukrainadagi gumanitar yordam rejasining bir qismi sifatida 1,7 milliard dollardan ortiq mablag‘ yoki e’lon qilingan 3,9 mlrd ning 44 foizi olindi.
LiveBarchasi