Ukrainada urush avjida. Erdo‘g‘an esa Lvovga kelyapti
Olam
−
16 avgust 2022
13183Joriy yilning 18 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainaning Lvov shahriga boradi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bugun, 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi.
Uchrashuv chog‘ida asosan oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyat va Yelenovkadagi tergov izolyatorining o‘qqa tutilishiga ham e’tibor qaratiladi.
19 avgust kuni BMT Bosh kotibi Odessaga boradi (Erdo‘g‘an ham borishi mumkin). 20 avgust kuni esa Turkiyaning Istanbul shahridagi “Don yo‘lagi” bo‘yicha Qo‘shma muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyuradi.
Alohida ta’kidlash kerakki, bu 24 fevral ya’ni Rosssiya bosqini boshlangandan beri Turkiya Prezidentining ilk bor Ukrainaga borishi bo‘ladi. U shu vaqtga qadar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, biroq hali rasman urush bo‘layotgan mamlakatga bormagandi.
Shunga qaramay, uning harakatlari bilan joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Erdo‘g‘an, Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini bermoqda.
Erdo‘g‘anning Ukrainaga tashrifi bo‘yicha hali rasmiy Anqara ma’lumot berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashgan edi. Ular to‘rt soatdan ko‘proq suhbatlashgan. O‘shanda Erdo‘g‘an Putinga Zelenskiy bilan uchrashuv tashkil etishda vosit
LiveBarchasi