Erdo‘g‘anni diktator deb, Qur’on haqida hazil qilgan komik sud qilinadigan bo‘ldi

Olam

−

image

Turkiyada stendaplari bilan tanilgan qiziqchi Deniz Ko‘ktosh 12 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. U 88 kunlik vaqtinchalik hibsdan keyin bugun, 28 sentyabr kuni sud zaliga olib chiqilishi kutilmoqda. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyulida qo‘lga olingan va 28 avgustda qo‘yib yuborilib, yana hibsga olingan Deniz Ko‘ktosh qariyb bir oydan so‘ng “nihoyat toza havodan to‘yib nafas olishni hayajon bilan kutayotganini” aytib o‘tgan.

“Quyoshni ko‘rishni va tashqaridagi mashina signallarini eshitishni rosa sog‘indim,” degan qiziqchi.

Ma’lumot uchun, Deniz Ko‘ktosh aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan Turkiyada, xalqning e’tiqodi, muqaddas bayramlari va odatlarini hazil ostiga olib, mamlakat Jinoyat kodeksining 299-moddasi bo‘yicha “prezidentni haqorat qilish”, shuningdek 216-moddaning 3-qismi bo‘yicha “aholining bir qismi e’tiqod qiladigan diniy qadriyatlarni ochiqchasiga haqorat qilish” ayblari qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik komik Deniz Ko‘ktoshga nisbatan Istanbuldagi “Harbiye Cemil Topuzlu” ochiq havo teatrida namoyish etgan va keyinchalik YouTube’ga joylagan “O‘lik dengiz” nomli stendap dasturidagi siyosiy hajvlari sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Azizbek Hamdamov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing