Isroil Turkiyani ikkiyuzlamachilikda aybladi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi Turkiya Adliya vazirligining Netanyaxunu Interpolning “qizil bildirishnomasi” orqali xalqaro qidiruvga berish haqidagi talabini Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Isroil rahbariyati va askarlarini qo‘rqitishga qaratilgan “achinarli urinishi” deb atadi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri idorasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Isroil Turkiyaning ikkiyuzlamachiligidan uzoq vaqtdan beri hayratda. Erdo‘g‘an kurdlarni qirgan, HAMAS terrorchilariga boshpana bergan va o‘z xalqiga zulm o‘tkazgan antisemit diktatordir”, deyiladi Netanyaxu idorasi bayonotida.

Shuningdek, Isroil tomoni Erdo‘g‘an o‘zining Isroilga qarshi tajovuzini Suriyaga ham yoyishga intilayotganini qayd etib, mamlakat mintaqadagi barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday urinish va xavfsizligiga tahdidga qarshi qat’iy choralar ko‘rishda davom etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Adliya vazirligi Binyamin Netanyaxuga nisbatan Interpol orqali “qizil bildirishnoma” chiqarishni so‘ragandi. Turkiya bu talabni G‘azoga yo‘l olgan “Global Sumud Flotilla”ga qarshi operatsiya yuzasidan ochilgan ish doirasida ilgari surgan. Turkiya Netanyaxunu genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va qiynoqlarda ayblamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing