Ukrainada umumiy safarbarlik muddati 9-marta uzaytirildi

Olam

image

Ukraina parlamenti Rossiya bosqini boshlanganidan keyin e’lon qilingan harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatlarini 2024 yil 14 fevralgacha 90 kunga uzaytirishni ma’qulladi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.

Oliy Radaning 348 deputatidan 329 nafari ovoz berishda qatnashgan bo‘lsa, ularning 322 nafari safarbarlik muddatini uzaytirishni yoqlagan. Oliy Rada ko‘rib chiqqan ikkala qonun loyihasi ham bir kun avval Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan.

Qayd etish joizki, 2022 yil 24 fevraldan boshlab Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik bir necha bor uzaytirilgan. Bugungi ovoz berishni hisobga olsak, bu allaqachon to‘qqizinchi uzaytirishdir.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Ukrainada harbiy holat davrida prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar o‘tkazish taqiqlanadi. Joriy yilning 31 oktyabrda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Oliy Radaga saylovlar shu asosda qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirida Zelenskiy agar kelasi yil “urush paytida” saylovlar o‘tkazilsa, u yana Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanini aytgandi. Biroq shu oy boshida Zelenskiy hozir saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish vaqti emasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy harbiy safarbarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing