Ukrainada saylov: Zelenskiy partiyasi mutlaq g‘alabaga yaqin

Olam

image

Kecha, 21 iyul kuni Ukrainada muddatidan avval parlament saylovi o‘tkazildi. Parlamentga 225 deputat partiyalar ro‘yxatidan, qolgan yarmi majoritar okruglardan saylanadi. Bu haqda "Kanal 24" xabar berdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning partiyasi “Xalq xizmatkorlari” (Sluga Naroda) saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Radada 247 o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining 50 foiz ovozlarni ko‘rgandan keyingi natijalar shundan darak beryapti.

Partiya ro‘yxati bo‘yicha 122 ta, majoritar okruglar bo‘yicha 125 ta o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin.

Saylovda ishtirok etayotgan partiyalardan “Hayot uchun muxolif platformasi” 43 o‘rin, “Yevropa birdamligi” 27 o‘rin, “Batkivina” 25 o‘rin, “Golos” 20 o‘rinni qo‘lga kiritadi. Qolgan 49 o‘ringa partiyasiz nomzodlardan saylanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiy partiyasi 42,45 foiz ovoz to‘plagan.Hozirgacha jami ovozlarning 60 foizga yaqini saralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina saylov

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made