Ukrainada “referendum”lar paradi boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 23–27 sentyabr Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Xerson va Zaporoje viloyatlarida hududlarning RFga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlar kunlari o‘tkaziladi. 

Xerson viloyati ma’muriyati rahbari, rossiyalik harbiylar tomonidan tayinlangan Vladimir Saldo mintaqaning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazish sanalarini ham tasdiqladi. Ular 23–27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Aksar qismi rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan Zaporoje viloyatida ham xuddi shu sanalarda referendum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Ukrainaning Donbass mintaqasida tashkil qilingan tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida ham RFga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi.

19 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi tomonidan tan olingan tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining jamoat palatalari respublikalarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni “zudlik bilan” o‘tkazishga chaqirishdi. Ularning rahbarlari referendumga tayyorgarlikni sinxronlashtirishga kelishib oldilar.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing