Ukrainada Prezident vafot etgan taqdirda nima qilish bo‘yicha reja bor – “Politico”

Olam

image

Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy vafot etgan taqdirda qo‘llanadigan maxsus reja bor. Bu haqda “Politico” xabar berdi. 

Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari o‘z vazifalarini bajara olmagan taqdirda, prezident funksiyalarini Oliy Rada raisi o‘z zimmasiga oladi. Biroq hozirda shu lavozimni egallab turgan Ruslan Stefanchuk aholi orasida yuqori ishonchga ega emas. 

Atlantika Kengashining Yevroosiyo markazi katta ilmiy xodimi Adrian Karatniskiyga ko‘ra, Zelenskiyga biror kor-hol bo‘lgan taqdirda hokimiyatga “kollektiv hukumat” kelishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, “kollektiv hukumat” tarkibiga Stefanchukdan tashqari Ukraina Prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba va Mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov kiradi. Valeriy Zalujniy esa Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing