Ukrainada Xerson aholisini evakuatsiya qilish boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi Kiyev nazorati ostidagi Xerson aholisini evakuatsiya qilish boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” vazirlikning Facebook’dagi sahifasidagi bayonotiga tayanib xabar berdi.

“Xersondan bepul evakuatsiya boshlandi. Bugun Xersondan Xmelnitskiyga birinchi 100 nafar aholi poyezdda jo‘natildi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikning tushuntirishicha, hozirda shahar aholisi avtobuslarda Odessa, Nikolayev va Krivoy Rog hududlariga evakuatsiya qilinishi mumkin.

Avvalroq, 20 noyabr kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk Kiyev hukumati nazorati ostidagi Xerson viloyati hududlari aholisini ixtiyoriy ravishda evakuatsiya qilish boshlanganini ma’lum qilgan edi. Siyosatchining aniqlik kiritishicha, hamma xavfsiz hududlarga jo‘nab ketishi mumkin. Davlat odamlarni kerakli hududga yetkazish, turar joy bilan ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

evakuatsiya Xerson

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing