Ukrainada qancha o‘zbekistonlik migrant borligi aytildi

Jamiyat

image

Ukrainada 2024 yilda 700 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat ruxsatnomasini oldi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Ma’lum qlinishicha, 2025 yilning noyabrida Ukrainaga Janubiy Osiyoda joylashgan musulmon davlati – Bangladeshdan mehnat muhojirlari kela boshlagani xabar qilingan edi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Zakarpateda 150 nafar bangladeshlik ishlayotgan yog‘ochni qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda.

“Migratsiya siyosati ofisi” rahbari Vasiliy Voskoboynik UNIAN agentligiga bergan intervyusida, yaqin 10 yil ichida Ukrainaga 4,2–4,6 million ishchi kuchi yetishmasligi mumkinligini aytgan.

2025 yil kuzida Xalqaro mehnat tashkiloti vakili esa bu raqam 8,6–8,7 milliongacha yetishi mumkinligini bildirgan.

Ekspertning ta’kidlashicha, Ukrainada har yili tug‘ilganlar soni vafot etganlardan qariyb 300 ming nafarga kam. Shu bois, aholi sonini barqaror saqlash uchun har yili kamida 300–400 ming kishi jalb qilinishi kerak.

2024 yilda ishlash ruxsatnomasi olganlar orasida:

  • Turkiya – 1000 atrofida;
  • O‘zbekiston – 700;
  • Hindiston – 500;
  • Ozarbayjon – 400;
  • Xitoy – 350;
  • Bangladesh – 319;
  • Pokiston – 205;
  • Nepal – 146 nafar.

Ekspertning fikricha, Ukraina uchun Polsha, Chexiya, Germaniya, Angliya, Fransiya kabi davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish manfaatli bo‘lar edi. Biroq, bu davlatlar fuqarolari asosan rahbarlik yoki yuqori malakali lavozimlarda ishlashi mumkin. Qo‘l mehnati talab qilinadigan ishlar uchun esa Turkiya yoki Osiyo davlatlaridan ishchilar kelishi ehtimoli yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ukraina mehnat ruxsatnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing