Ukrainada bizning ishimiz yo‘q – Lukashenko
Olam
−
04 noyabr 2022
10097Belarus o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborish niyatida emas. Bu haqda mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus milliy biotexnologiya korporatsiyasi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bugun ular: “Lukashenko o‘z harbiylarini Ukrainaga jo‘natmoqchi!” deb baqirishyapti! Men bunday rejalarim yo‘qligini ming ikki yuz marta aytganman”, deydi Lukashenko.
U so‘zida davom etarkan, Belarusning Ukrainada ishi yo‘qligini aytadi.
“Ukrainada bizning ishimiz yo‘q. U yerga jang qilish uchun odamlarni yuborishning hojati yo‘q. Nega ular meni bunda ayblayapti? Chunki bu yigitlarni o‘zlari u yerga yuborishadi”, - dedi Lukashenko.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus va Rossiya qo‘shma sun’iy yo‘ldosh turkumini yaratishga kelishib olgan.
“Biz nafaqat kosmosga kimnidir uchirishga, balki o‘z astronavtimizni jo‘natishga ham tayyormiz. Biz uni yaqin kelajakda jo‘natamiz. Biz kosmik kemalar ishlab chiqaramiz. Rossiya va men koinotda qo‘shma guruh — kosmik kema yaratishga kelishib oldik”, deydi Lukashenko.
LiveBarchasi