Ukrainada asirga olingan 50 chechen askari ozod qilindi – Ramzan Qodirov

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov joriy yilning 29 oktyabr kuni Ukraina asirligidan 50 nafar jangchi qaytib kelganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirgan. 

“Yana 50 nafar yigit uyga qaytdi. Bolalarni asirlikdan qutqarish uchun keng ko‘lamli, murakkab va mashaqqatli chora-tadbirlar ko‘rilganini bilaman. Mening topshirig‘imga ko‘ra, aziz birodar, Davlat Dumasi deputati Shamsail Saraliyev doimiy ravishda bu ishda ishtirok etib keladi”, deydi u. 

Saraliyev yordami bilan ozod qilinganlardan biri Tuvalik harbiy xizmatchi Oyun Sanchaa edi.  

“Avvalroq menga uning otasi Grozniyga bu masalada yordam so‘rab kelgandi. Yigitni yozning o‘rtalarida qo‘lga olishdi va u yerda 4 oy qoldi. Uning o‘zi birinchi kunlardanoq “maxsus harbiyy operatsiya”da qatnashdi va o‘zini faqat ijobiy tomondan ko‘rsatdi. Oyun va boshqa munosib vatan o‘g‘lonlarini uyga qaytarishga muvaffaq bo‘lganimiz uchun Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Ulardan davolanishga muhtoj bo‘lganlar shifoxonaga jo‘natildi”, deydi Checheniston rahbari. 

U so‘zi so‘ngida Saraliyevga, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xodimlariga, shuningdek, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinga minnatdorlik bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaning Xerson viloyatida jang qilayotgan chechen bo‘linmalaridan birining 23 jangchisi halok bo‘lgani va 58 nafari jarohatlanganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing