Ukrainada amaldor lavozimga tayinlanganidan 3 kun o‘tib undan chetlatildi

Olam

image

Ukraina Mudofaa vazirligining Resurs bilan ta’minlash departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Ruslan Rigovanov lavozimiga tayinlanganidan atigi uch kun o‘tib undan chetlashtirildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

"28 iyun kuni Ruslan Rigovanov Resurslar departamentining muvaqqat direktori etib tayinlandi va bugun, 1 iyul kuni u o‘z vazifasidan vaqtincha chetlashtirildi. Chetlatish ko‘rsatilgan shaxs haqida qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘lgandan so‘ng darhol amalga oshirildi. Hozirda individual tekshiruvlar olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Gap shundaki, Ukraina ommaviy axborot vositalarida amaldorning Rossiya teleko‘rsatuvlarida ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Bildirilishicha, hozirda bu holat tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing