Ukrainada 20 dan ortiq amerikalik askar bedarak yo‘qoldi – OAV

Olam

image

Ukraina tomonida harbiy harakatlarda qatnashayotgan 20 dan ortiq Amerika fuqarolari bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida xorijlik yollanma askarlarning yo‘qotishlar soni keskin ravishda oshgan.

“Ular Ukrainaning zaiflashgan mudofaasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, so‘nggi olti oy ichida halok bo‘lgan besh nafar amerikalik yollanma askarning jasadini jang maydonidan olib chiqib bo‘lmagan. 

Ta’kidlanishicha, 24 yanvar kuni Rossiyadan Ukrainaga qaytarilgan 757 nafar harbiy xizmatchining jasadi orasida ikki amerikalik yollanma askarning jasadi ham bo‘lgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Ukraina tomonida jang qilayotgan 589 nafar xorijiy yollanma askarlar xalqaro qidiruvga berilgan. Jinoyat ishiga jami 55 davlatdan 845 nafar xorijlik jalb qilingan. O‘shanda 86 ta jinoyat ishi tergov qilinib, 49 tasiga hukm chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Ukraina bilan urushda qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRning dastlabki 11 ming askardan iborat guruhi taxminan to‘rt oy avval Rossiyaga yetib borgan, biroq janglardagi yo‘qotishlar oqibatida ularning uchdan bir qismi safdan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing