Ukraina Jahon chempionatiga mezbonlik qila oladimi? Sport vaziri javob berdi
Sport
−
14 fevral 2023
9151Ukraina yoshlar va sport vaziri Vadim Gutsayt 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Ukrainada o‘tkazilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Gutsayt “ProUA” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Imkoniyatlar katta, chunki Ukraina hozir dunyoda trendga aylanganini ko‘ryapsiz. Shu bois, yaqin kelajakda tayyorgarlik ko‘rish, stadionlar qurish, infratuzilmani yaratish imkoniga ega bo‘lsak, Ukrainada Jahon chempionatini o‘tkazish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lamiz. Bizda katta tajriba bor. Ukraina 2012 yilda Yevropa chempionatini yuqori saviyada o‘tkazdi. 2018 yilda Yevropa Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qildi. Biz nima qilishni yaxshi bilamiz”, deydi Gutsayt.
2022 yil oktyabr oyida Ukraina, Ispaniya va Portugaliya 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shilgandi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati uchta davlat – AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. So‘nggi mundialga o‘tgan yili Qatar mezbonlik qildi. JCH-2022 da Argentina terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi