Ukraina Zelenskiy Putin bilan qachon uchrashishini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv tinchlik shartnomasi imzolangandan keyin bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

“Kelishuv yakunlanishi bilan biz uchrashuvni tashkil etishga kirishamiz”, deydi Podolyak. 

Shu bilan birga, u kelishuvning o‘zi ham yaqin kelajakda imzolanishi mumkinligini ta’kidlagan. 

“Bu yaqin haftalarda sodir bo‘ladi”, degan Zelenskiyning maslahatchisi. 

Uning ta’kidlashicha, uchrashuv Rossiyadan boshqa istalgan davlatda bo‘lishi mumkin.

“Joy biz uchun muhim emas. U Rossiyadan boshqa hamma joy bo‘lishi mumkin”, degan Podolyak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainadagi bosqin

Baholaganlar

1735

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing