Ukraina va Turkiya harbiy bitim imzoladi

Olam

image

Kecha, 16 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga tashrifi mobaynida rasmiy Kiyev va Anqara o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

"Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi mobaynida bir qator hujjatlar, xususan, harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi", deyilgan Ukraina rahbari devoni matbuot xizmati xabarida. 

Ukraina nomidan shartnomani Mudofaa vaziri Andrey Taran, Turkiya tomonidan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar imzolagan. Shartnoma matni hali ommaga e’lon qilinmagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjat 21 yo‘nalish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun huquqiy asoslar yaratadi. 

Bundan tashqari, Andrey Taran va Turkiyaning Mudofaa sanoati masalalari bo‘yicha Davlat agentligi raisi Ismoil Demir mudofaa-sanoat loyihalari bo‘yicha memorandum imzolagan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo Turkiya-Ukraina komissiyasining 12-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha protokol imzolangan.

Shuningdek, Zelenskiy Kiyevda dvigatellarni qurish, kema va dronlarni birgalikda ishlab chiqarish va yana bir qator masalalar bo‘yicha Anqara bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallayotganini aytgan.

Avvalroq, Zelenskiyning rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

turkiya ukraina

Baholaganlar

84

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing