Norvegiya ukrainaliklarga boshpana berishni to‘xtatmoqchi
Olam
−
28 Sentabr
2729Kecha, 27 sentyabr kuni Norvegiya hukumati ukrainaliklarga avtomatik boshpana berishni to‘xtatishni e’lon qildi. Endi Ukrainaning g‘arbiy viloyatlaridan kelgan qochqinlarning arizalari alohida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda RTE xabar qildi.
Ukrainaning g‘arbiy viloyatlari – L’vov, Volin, Ivano-Frankovsk, Ternopil’, Rovno va Закарпа́тье viloyatlaridan kelgan qochqinlarning arizalari alohida ko‘rib chiqiladi. Hukumat bu hududlarni frontdan uzoqda bo‘lgani uchun xavfsiz deb hisoblaydi.
Norvegiya Adliya vaziri Emili Melning aytishicha, 5,6 million aholiga ega Norvegiya urush boshlanganidan beri 85 mingga yaqin ukrainalik qochqinlarni qabul qilgan. Shuningdek, Mel boshpana izlovchilar orasida harbiy yoshdagi erkaklarning ulushi ortib borayotgan bir paytda Ukraina Rossiyaga javob qaytarish uchun askarlar yollayotganini aytgan.
Urushning dastlabki oylarida Norvegiya barcha ukrainaliklarga boshpana bergan, biroq keyin qoidalarni kuchaytira boshlagan. Hukumat Ukrainaga qaytishga qaror qilgan insonlarga bir martalik 1500 yevro miqdorida pul bera boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni Norvegiya og‘ir yaralangan ukrainaliklarni Yevropada davolash va evakuatsiya qilish missiyasini davom ettirish uchun 100 million kron (taxminan 9,5 million dollar) ajratgan edi. Ukrainadan shifoxonaga davolanish uchun uchganlarning deyarli yarmi – 1931 nafar bemor Norvegiya samolyotlari tomonidan evakuatsiya qilingan.
LiveBarchasi