Jamala xalqaro qidiruvga berildi

Madaniyat-san’at

image

Jamala taxallusi bilan tanilgan ukrainalik qo‘shiqchi Susana Jamaladinova Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlariga qarshi yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblanib, sirtdan hibsga olindi va xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Moskva prokuraturasi xabar berdi. 

Gap shundaki, Jamaladinova 2022 yil 4 aprelda o‘zining katta auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiya vaqtidagi harakatlari haqida yozuv joylashtirgan. Dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar yolg‘on va san’atkor ularni mamlakat Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga nisbatan milliy nafrat uyg‘otish maqsadida atayin tarqatgan. 

Moskva prokuraturasiga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

“Jinoyat ishi xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchiga nisbatan mohiyatan ko‘rib chiqilishi uchun Moskva shahar Basmanniy tumani sudiga yuborildi", deyiladi prokuraturaning xabarida.

Ma’lum qilinishicha, san’atkor Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining  207.3-moddasi 2-qismi "d" bandi bilan ayblanmoqda. 

Ma’lumot uchun, ukrainalik qo‘shiqchi Susana Jamaladinova 1983 yilda tug‘ilgan. 2016 yilgi "Yevrovideniye" tanlovida “1944” nomli qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘lgan. 2022 yil aprel oyida u 50 yil davomida Rossiyaga kirishi taqiqlangan ukrainalik qo‘shiqchilar ro‘yxatidan joy olgan. 

Eslatib o‘tamiz, Susana Jamaladinova avvalroq jinoiy ayblovlar bilan federal qidiruvga berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qurolli Kuchlar ukraina Susana Jamaladinova Jamala

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing