Ukraina va G‘azodagi qurbonlar orasida katta farq bor – Oq uy 

Olam

image

AQSH rasmiylari Ukraina va G‘azo sektoridagi urush qurbonlari orasida katta farq bor, deb hisoblaydi. Bu haqda kecha, 18 dekabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan brifingda Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi. 

"Isroilliklar G‘azoda tinch aholini o‘ldirish, qiynoqqa solish va zo‘rlashni urush maqsadiga aylantirmayapti. Bu ularning rejalariga kirmaydi. Ular tinch aholini qasddan o‘ldirishga urinmayapti", degan Kirbi Isroilning G‘azo sektorida xalqaro huquqni buzayotgani haqidagi savolga javob berib.

Jurnalistning eslatishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganida, Amerika rasmiylarining Rossiyani xalqaro huquqni buzganlikda ayblashi juda tez va oson bo‘lgan.

Oq uy vakili esa Rossiyaning Ukrainadagi va Isroilning G‘azodagi harakatlarini solishtirib bo‘lmasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Isroil hukumatini "tinch aholi orasida qurbonlarni minimallashtirishda iloji boricha ehtiyot bo‘lishga" chaqirmoqda. 

"Hozir odamlar o‘ldirilmoqda, odamlar yaralanmoqda. Biz buni tan olamiz. Lekin bu harbiy maqsadlarning bir qismi, deyishdan uzoqmiz", deya ta’kidladi Kirbi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 mingdan ortiq odam allaqachon Isroilning bombardimonlari va boshqa harbiy amaliyotlar qurboniga aylangan, 52 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. 

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektoridagi fuqarolik infratuzilmasining keng ko‘lamli vayron qilingani va ko‘p sonli tinch aholining o‘limi munosabati bilan Isroil bir necha bor keskin tanqidlarga uchragan. BMT Isroilni urush jinoyatlarida ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing