Ukraina o‘z kelajagi haqida o‘zi qaror qabul qilishi kerak – Oq uy

Olam

image

Ukraina hukumati Rossiya bilan muzokaralar olib borish, ularning kelajagi haqida qaror qabul qilishi kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda ma’lum qildi. 

Undan SpaceX asoschisi Ilon Maskning Qrim Rossiya xavfsizligining kaliti va uni Moskvaga boy berish Gavayi va Perl-Harborni AQSHga boy berish bilan barobar bo‘lishi haqidagi so‘zlariga izoh berishni so‘rashdi.  

“Prezident [AQSH Jo Bayden] juda aniq edi, biz bu masalada juda aniq edik. Va uning fikricha, muzokaralar yoki Ukraina bo‘yicha qarorlar – Ukraina qabul qilishi kerak bo‘lgan qarorlardir. Va Ukrainasiz Ukraina haqida hech narsa [aytib bo‘lmaydi]. Ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bu masalada juda aniq gapirdilar. Men bu masalani shunday qoldiraman, boshqa hech narsa demayman [bu masala bo‘yicha]”,  deb javob berdi Jan-Per. 

Undan yana amerikalik tadbirkorning so‘zlariga izoh berish so‘ralgan. 

“Men boshqa hech narsa demayman. Men juda aniq aytdim, biz qaror Ukrainaga bog‘liq, deb ishonamiz”, deya takrorladi matbuot kotibi. 

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Mask Ukrainadagi tinchlik sharoitlari haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan kuch bilan egallab olingan hududlar (Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje)da BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e’lon qilishi mumkin. Shundan so‘ng, shu hafta Ukrainaning Germaniyadagi elchisi lavozimini tark etayotgan Andriy Melnik ingliz tilidagi behayo iborani ishlatib, unga “ortga chekinishni” maslahat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ilon Mask Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing