Ukraina urushga yetaklayotgan NATOga a’zo bo‘lish istagidan qaytadimi?

Olam

image

Agar Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishga urinishi Rossiya bilan urushning oldini olishga yordam bersa, Kiyev alyansga qo‘shilish borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning Londondagi elchisi Vadim Pristayko BBC’ga ma’lum qildi. 

“Biz qila olardik”, degan elchi muxbirning Kiyev NATOga intilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkinmi, degan savoliga javoban. 

Diplomatning aniqlik kiritishicha, Kiyev Ukrainaning hozirgi vaziyatidan chiqishning eng yaxshi yo‘lini topishga harakat qilmoqda. 

“Agar biz shunday jiddiy yon bosishimiz kerak bo‘lsa, biz buni qilamiz”, degan u.

Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi London Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortish haqidagi ehtimoliy qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 

“Agar Ukraina NATOga a’zo bo‘lmaslikka qaror qilsa, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qaror Ukraina hukumatida qolishi kerak”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Shimoliy Atlantika alyansi 2008 yil aprel oyida Buxarestda bo‘lib o‘tgan sammitda “Ukraina va Gruziya vaqti kelib NATOga a’zo bo‘ladi” degan siyosiy bayonotni qabul qildi. 2019 yil fevral oyida Ukraina Oliy Radasi mamlakat konstitutsiyasiga mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish intilishlarini belgilovchi tuzatishlarni ma’qulladi. Kiyev kengaytirilgan imkoniyatlarga ega tashkilotning hamkori maqomini oldi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

757

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing