Ukraina urush tugashi bilan NATOga kirishi mumkin – elchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnikning fikricha, mamlakat o‘z hududida “harbiy harakatlar” tugatilganidan so‘ng darhol Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishi mumkin. Bu haqda diplomat “Redaktionsnetzwerk Deutschland” tahririyat assotsiatsiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

Diplomat Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishi Ukrainadagi vaziyatning keskinlashuviga olib kelmasligiga ham ishonch bildirgan. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi voqealar “NATO Yevropa va butun dunyoda xavfsizlikning yagona langari ekanligini va shunday bo‘lib qolishini ko‘rsatadi”.

“Shuning uchun bu kengayish jarayoni davom etishi va Ukraina ham ittifoqqa qo‘shilishi mantiqan to‘g‘ri. Va bu ba’zilar o‘ylagandan ham tezroq sodir bo‘lishi mumkinligiga ishonaman. Hozir emas, urush avjida, balki undan keyin darhol”, degan Ukraina elchisi. 

Uning fikricha, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilish qarori alyans jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi va u Kiyev uchun yaxshi yangilikdir. 

“Umid qilamizki, bu imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatimizni ham oshiradi”, degan Melnik. 

Shu bilan birga, u Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha “ikki qo‘l bilan” Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qabul qilinishi uchun ovoz berishiga ishonch bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOdagi elchilari o‘z davlatlarining alyansga kirishi haqidagi arizalarini bosh kotib Yens Stoltenbergga rasman topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing