Ukraina sobiq Bosh vaziri mamlakatning asl “xo‘jayinlari” kimligini aytdi
Olam
−
13 mart 2021
13688Ukrainaning haqiqiy “xo‘jayini” – amerikaliklar. Bu haqda mamlakat sobiq Bosh vaziri Nikolay Azarov “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Sobiq Bosh vazirning ta’kidlashicha, Ukraina kuratorlari ham bu haqiqatni tushunadi.
“Shuning uchun ham, masalan, Ukrainaning avvalgi yetakchi siyosiy kuchi bo‘lgan Mintaqalar partiyasi taqiqlandi”, deya tushuntirish bergan Nikolay Azarov.
Unga ko‘ra, 2014 yilgi Ukrainadagi voqealar AQSH va Buyuk Britaniya ishtirokida sodir bo‘lgan. To‘ntarishning “shtab-kvartirasi” AQSH elchixonasida bo‘lgan, inglizlar esa bu borada buyuk mutaxassislardir.
“Ammo oligarxlarning ishtiroki G‘arbning buyrug‘i bilan sodir bo‘ldi, chunki ular Yanukovichga qarshi borishga jur’at qila olmas edi”, deydi sobiq Bosh vazir.
Avvalroq, Qrimlik senator Sergey Sekov ham Ukraina ancha oldin qo‘lga olingan va tashqaridan nazorat qilinishini ta’kidlagan edi. Unga ko‘ra, mamlakat amerikaliklar tomonidan boshqariladi.
LiveBarchasi