Ukraina samolyoti raketa bilan urib tushirilgan
Olam
−
10 yanvar 2020
15029Eronda qulagan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan “Tor” zenit-raketa majmuasidan uchirilgan raketa bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Newsweek” jurnali Pentagon hamda AQSH va Iroqdagi razvedka xizmatlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Pentagon va AQSH razvedkasi raketa tasodifan uchirilgan deb hisoblayapti.
“CBS News”ning xabar berishicha, amerikalik amaldorlar samolyot Eron havo hujumiga qarshi mudofaa qurollari bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilyapti. AQSH Eron radari yoqilgani, shuningdek, raketa uchirilgandagi ikkita chaqnashni qayd etgan.
CNN telekanali yozishicha, AQSH hukumati samolyot eron raketasi bilan urilgan, ammo bu xatolik tufayli ro‘y bergan deb taxmin qilyapti. Bu versiya amerika razvedkachilari yig‘uvchi sputnik, radar va elektron ma’lumotlar tahliliga asoslangan.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo razvedka ma’lumotiga asosan Ukraina samolyoti “havo-yer” toifasidagi Eron raketasi bilan urib tushirilganini ma’lum qildi.
“Balki bu qasddan bo‘lmagan”, deb qo‘shimcha qilgan Tryudo. Kanada Bosh vaziri hodisa yuzasidan yaxshilab tergov o‘tkazish kerakligini aytgan.
Ukraina Boeing-737 samolyotining qulashida zenit raketasi bilan urilgani, terakt va texnik sabab bilan motorning portlashi kabi versiyalarni ko‘rib chiqyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotining Tehron yaqinida qulashi natijasida bortdagi hech kim omon qolmagan. Hodisada jami 179 kishi halok bo‘lgan. Hodisadan keyingi tergov vaqtida samolyot qulagan hududdan Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qoldiqlari topilgandi.
LiveBarchasi