Ukraina samolyoti inson xatosi sabab urib tushirilgan – Eron
Olam
−
11 yanvar 2020
11849Joriy hafta boshida Eronda halokatga uchragan samolyot inson xatosi tufayli raketa bilan urib tushirilgan. Bu haqda “Reuters” Eron davlat televideniyesiga tayanib xabar berdi.
Samolyot harbiy ob’ekt yaqinidan uchib o‘tganda dushman havo kemasi deb o‘ylab urib tushirilgan. Qayd etilishicha, aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
Eron Qurolli kuchlarining bergan bayonotida Ukraina samolyoti Iroqdagi Amerika bazalariga hujum uchun AQSHdan javob kelishi mumkin bo‘lgan bir vaqtda qo‘shinlar yuqori darajadagi harbiy tayyorgarlik holatiga keltirilganda urib tushirilgani ma’lum qilindi.
Shu o‘rinda Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Ukraina samolyotining qulashiga “inson xatosi” sabab bo‘lganini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotining Tehron yaqinida qulashi natijasida bortdagi hech kim omon qolmagan. Hodisada jami 176 kishi halok bo‘lgan. Hodisadan keyingi tergov vaqtida samolyot qulagan hududdan Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qoldiqlari topilgandi.
LiveBarchasi