Ukraina rus tilida xizmat ko‘rsatishga taqiq qo‘ydi

Olam

image

Bugun, 16 yanvardan Ukrainada "Ukrain tilining davlat tili sifatida ishlatilishini ta’minlash to‘g‘risida"gi qonun normasi kuchga kirdi. 

Hujjatga ko‘ra, mamlakatda barcha xizmat ko‘rsatish sohalari ukrain tiliga o‘tishi kerak. 

Qayd etilishicha, bu nafaqat savdo sohasiga, balki boshqa xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga ham tegishli. 

Ta’kidlanishicha, xizmat ko‘rsatish uchun boshqa tilga faqat mijozning iltimosiga binoan o‘tish mumkin bo‘ladi. 

Xabarga ko‘ra, yangilik shuni ko‘rsatadiki, endi Ukrainada rus tilida xizmat ko‘rsatilsa, bu haqda shikoyat qilish mumkin. Bundan tashqari, yangi normani buzganlik uchun jarimalar ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan Sadir Japarov mamlakatda rus tili o‘zining rasmiy maqomini saqlab qolishi haqida ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

rus tili

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing