Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun AQSH ruxsatiga muhtoj emas – Zelenskiy
Olam
−
25 avgust 2025 9378 1 daqiqa
Ukraina Rossiya hududiga faqat o‘zining uzoq masofali qurollari bilan zarba beradi va buning uchun AQSH ruxsati kerak emas. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 24 avgust kuni Kiyevda Kanada Bosh vaziri Mark Karni bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Ukraina rahbari shu tariqa G‘arb ommaviy axborot vositalarida AQSH o‘z ATACMS raketalarini Rossiya hududiga zarba berishda qo‘llash taqiqlangani haqidagi taxminlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rostmi, degan savolga javob berdi.
“Biz mahalliy ishlab chiqarishdagi uzoq masofali qurollarimizdan foydalanamiz. Biz oxirgi paytlarda AQSH bilan bunday masalalarni muhokama qilmaganmiz. Bu birinchi marta edi. Ularning bizning energetika sektorimizga qilgan hujumlaridan keyin bizning javob zarbalarimiz uchun turli signallarni eslaysiz. Bu uzoq vaqt oldin edi. Bugun biz buni hatto eslay olmaymiz”, dedi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 21 avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post yozib, o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenni Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushda “g‘alaba qozonish imkoniyati” yo‘qligida ayblagandi. Tramp bunga sabab sifatida Bayden Kiyevga intervensiya qiluvchi davlatga hujum qilishga ruxsat bermaganini keltirgan.
Live
Barchasi