Ukraina Rossiyaga dron hujumi uyushtirdi

Olam

image

Kecha, 18 dekabr kuni tunda Rossiya hududida havo mudofaasi vositalari yordamida 84 ta Ukraina dronini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p dronlar (36 ta) Rostov viloyati ustida urib tushirilgan. Bryansk viloyatida 21 ta, Belgorod viloyatida 14 ta, Voronej viloyatida esa 6 ta dron yo‘q qilingan. Kursk va Tambov viloyatlarida 3 tadan, Krasnodar o‘lkasida esa 1 ta dron urib tushirilgan.

Mudofaa vazirligi Rossiya hududidagi ob’ektlarga qarshi samolyot tipidagi dronlar yordamida hujumlar amalga oshirishga urinayotgan ukrainaliklarning urinishlari muvaffaqiyatli bartaraf etilganini ta’kidladi.

Ammo Rostov viloyatidagi Novoshaxtinsk neft mahsulotlari zavodida dron hujumi oqibatida yong‘in yuz bergan. Rostov viloyati vaqtincha boshqaruvchisi Yuriy Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yarim tunda sodir bo‘lgan. U, shuningdek, bir kechada viloyat hududida 7 ta dron yo‘q qilinganini, shundan 6 tasi Taganrogda va 1 tasi Batayskda urib tushirilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya qo‘shinlari uchun yoqilg‘i olib ketayotgan 40 ta temiryo‘l vagonlarini yo‘q qilgandi. Mamlakat xavfsizlik qo‘mitasi asli Ukrainaga tegishli bo‘lgan, lekin ayni damda Moskva nazoratida bo‘lgan Zaporoje viloyatida Rossiya qo‘shinlari uchun yoqilg‘i olib ketayotgan 40 ta temiryo‘l vagonini yo‘q qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing