Ukraina Rossiya janubiga dron hujumi uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 11 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya viloyatlarida kamida 85 ta Ukraina droni urib tushirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qora dengizda 31 ta, Voronej viloyati va Krasnodar o‘lkasida 16 ta, Azov dengizi ustida 14 ta, Belgorod viloyatida to‘rtta, Tambov viloyatida ikkita va Kursk ustida bittadan uchuvchisiz dronlar yo‘q qilingan.

Keyinroq vazirlik Rossiya hududida jami 181 ta dron va beshta HIMARS raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

Dron hujumi tufayli Qozon, Nijnekamsk va Ulyanovsk aeroportlari vaqtincha yopilgan. Qozonga uchayotgan samolyotlar Ufaga yo‘naltirilgan.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta zarar Tambov viloyatining Kotovsk shahrida qayd etilgan. U yerda dronlar besh qavatli ikkita turarjoy binosiga urilgan. Bir necha aholi shisha parchalaridan jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 yanvar kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Qurolli kuchlarining Harbiy-dengiz kuchlari Rossiyaning qishloq yaqinidagi o‘q-dorilar va razvedka dronlari saqlanadigan omboriga zarba bergandi. Rossiyaning Rostov viloyati Chaltir shahridagi razvedka xizmatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya havo mudofaasini amalga oshirish uchun Xavfsizlik xizmati dronlari ishlatilgan, shundan so‘ng ob’ekt Ukrainaning Neptun raketasi bilan urilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing