Ukraina Rossiya nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor – Kellogg
Olam
−
01 may 11002 1 daqiqa
AQSH Ukrainaga mojaroning tugatilishi bo‘yicha 22 ta aniq shartni taqdim etdi va Kiyev ularni qabul qildi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kelloggning aytishicha, Ukraina Rossiya tomonidan amalda nazorat qilinayotgan hududlardan voz kechishga tayyor, garchi bu yuridik jihatdan tan olinmasa ham.
“Kiyev Ukrainadagi mojaroni tartibga solish uchun hududiy murosaga tayyor... AQSH ham Rossiyaning ayrim hududiy talablarini qisman qabul qilishga tayyor”, dedi Kellogg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda Rossiya egallab turgan hududlarni de-fakto tarzda boy berishga rozi, biroq buni rasmiy yuridik tan olishdan bosh tortmoqda.
“Ular bunday variantga rozi. Ular tushunishadiki, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilsa, har ikki tomon o‘z pozitsiyalarida qoladi. Ular aynan shunga tayyor. O‘tgan haftada ular bu kelishuvni allaqachon muhokama qilganini menga aytishdi. Hozirgi chiziqlarda o‘t ochishni to‘xtatish – aynan shunga ular rozi” deya ta’kidladi Trampning vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanali efirida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdan voz kechishga tayyorligiga ishonishini aytgandi.
Live
Barchasi