Ukraina Rossiya hududining qariyb 1000 kv kilometrini nazorat qilyapti – Zelenskiy
Olam
−
13 avgust
7488Hozirda Ukraina armiyasi Rossiya hududining qariyb 1000 kvadrat kilometrini nazorat qilmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
U Bosh qo‘mondon shtab-kvartirasida yig‘ilish o‘tkazganini yozdi. Uchrashuv kun tartibini sarhisob qilar ekan, Zelenskiy shunday dedi:
“Eng muhimi, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Aleksandr Sirskiy front chizig‘idagi mudofaa harakatlarimiz va Kursk viloyatidagi operatsiyalarimiz haqida hisobot berdi. Barcha askar va qo‘mondonlardan qat’iyatli harakatlari uchun minnatdormiz. Shuningdek, biz Ukraina Ichki ishlar vaziri, boshqa rasmiy shaxslar va Xavfsizlik xizmatiga operatsiya zonasi uchun insonparvarlik yordami rejasini tayyorlashni topshirdik”.
Ukraina Xavfsizlik xizmati bayonotida esa Rossiya razvedkasi Kursk viloyatidagi vaziyatdan foydalanib, ukrainalik harbiylar harbiy jinoyatlar sodir etgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani aytiladi.
“Dushmanning bunday axborot va psixologik maxsus operatsiyalari, birinchi navbatda, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumkor harakatlariga samarali qarshilik ko‘rsata olmasligi bilan bog‘liq. Bizningcha, yaqin kelajakda Rossiya maxsus xizmatlari Ukraina tomonini yanada ayblash maqsadida tinch aholiga, xususan, Kursk viloyatida jinoyatlar uyushtirishi mumkin. Ukraina Xavfsizlik xizmati bunday urinishlar befoyda va hech qanday holatda Ukraina Qurolli kuchlarining hujumkor harakatlariga yoki mamlakatimizning xalqaro hamkorlari pozitsiyasiga ta’sir qilmasligidan ogohlantiradi”, deb yozadi u.
Bayonotda aytilishicha, Ukraina Mudofaa kuchlari urush qoidalariga, jumladan, harbiy asirlar va tinch aholiga nisbatan munosabatda bo‘lish qoidalariga qat’iy rioya qilishini butun dunyoga isbotlagan.
LiveBarchasi