Ukraina razvedkasi Rossiya yana safarbarlik e’lon qilishini aytdi

Olam

image

Rossiya ikki millionlik armiya yaratishga harakat qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, armiyaning yaratilishi safarbarliklar to‘lqinlariga yo‘l ochadi. Birinchi safarbarlik to‘lqinida Rossiyaga 300 000 kishi chaqirilgan. Qisqa muddatli mashg‘ulotlardan so‘ng safarbar qilinganlar Ukrainadagi jangovar hududga jo‘natilgan.

“Rossiya yaqin kunlarda navbatdagi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishini istisno eta olmaydi. Rossiya qurolli kuchlariga yana 500 ming rossiyalik kelib qo‘shiladi, bu esa Rossiyaga strategik zaxiralar yaratish imkonini beradi”, deyiladi Ukraina harbiy razvedkasi xabarida.

Ukraina harbiy razvedkasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya navbatdagi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishga hozirdanoq faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mobilizatsiyani tartibga soluvchi Rossiya Federatsiyasi qonunlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. O‘quv markazlarini tayyorlash ham faol davom etmoqda.

Shuningdek, Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan safarbarlik choralari ko‘lami uning rahbariyatining ikki millionga yaqin armiya yaratish rejalaridan dalolat berishi mumkinligi aytilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi safarbarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing