Ukraina razvedkasi Rossiya Mudofaa vazirligi serverlarini buzib kirdi
Olam
−
05 mart
9814Ukraina razvedkasi xakerlari Rossiya Mudofaa vazirligi serverlariga hujum qildi. Bu haqda Bosh razvedka boshqarmasiga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.
Qayd etilishicha, kiberhujum kecha, 4 mart kuni ertalab amalga oshirilgan. Natijada Rossiya Mudofaa vazirligining veb-sayti, domenlari va IP-telefoniyasi, shuningdek, elektron hujjat aylanishi dasturidan foydalanadigan serverlar bloklangan. Vazirlik veb-saytiga kirish ma’lum vaqt to‘xtagan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina razvedkasi dasturiy ta’minotni, shuningdek, bir qator maxfiy rasmiy hujjatlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.
"Gap Rossiya huquq-tartibot idorasining 2000 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida aylanib yurgan buyruqlar, hisobotlar, ko‘rsatmalar va boshqa hujjatlar haqida ketmoqda", deydi Ukraina razvedkasi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning noyabrida ukrainalik xakerlar Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot markazi tizimini, oktyabrda esa Alfa Bankning mijozlar ma’lumotlar bazasini buzib kirdi. Yanvar oyida xakerlar 24 million bank mijozi ma’lumotlarini internetga joylashtirdi. Alfa-Bank kiberhujum bo‘lganini rad etdi, ammo rossiyalik jurnalistlar ma’lumotlar haqiqiy ekanini aniqladi.
LiveBarchasi