Ukraina Putinning qizlariga sanksiya joriy qildi – OAV
Olam
−
02 Sentabr 2022
6148Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, unga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizlari Katerina Tixonova va Mariya Voronsovani ham kiritdi.
Hammasi bo‘lib, yangi sanksiyalar 99 jismoniy va 178 yuridik shaxsga, shu jumladan Rossiya va Belarus milliy banklari mansabdor shaxslariga, RF harbiy-sanoat kompleksining “Sargrad” kompaniyalari va korxonalari guruhiga tegishli. Sanksiya cheklovlari Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarini reintegratsiya qilish vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan.
Vazirlik hisobotida Putinning qizlarining ismlari tilga olinmagan, biroq AQSH ham avvalroq ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llagani aytiladi.
“Bundan buyon tajovuzkor davlat va uning tarafdorlariga nisbatan cheklovlar hamkor davlatlar va Ukraina tomonidan bir vaqtda qo‘llaniladi”, deyiladi press-relizda.
AQSH aprel oyi boshida “Putinning voyaga yetgan qizlari”ga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan edi. Yevropa Ittifoqi ham xuddi shunday yo‘l tutdi.
Putin OAV Rossiya Federatsiyasi prezidentining qizlari deb hisoblaydigan Katerina Tixonova va Mariya Voronsova bilan qarindoshligini ilgari rasman tan olmagan. Biroq sanksiyalar kiritilgandan so‘ng Kreml Putinning qizlariga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarga javob berishini va buni “o‘zi xohlaganicha qilishini” aytdi. Shunday qilib, Prezidentning Tixonova va Voronsova bilan oilaviy aloqalari haqiqatda tasdiqlandi.
LiveBarchasi