Ukraina pozitsiyasi haqidagi hujjatni Rossiyaga topshirdi – Rustam Umarov
Olam
−
29 may 9185 2 daqiqa
Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov Rossiya tomoni Kiyevdan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar olganini va endi kamida to‘rt kun ichida javob hujjatini taqdim etishi kerakligini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 may kuni Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ular ushbu hujjatni olishdi. Biz Ukrainaning to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga va kelgusida diplomatik ish olib borishga tayyorligini tasdiqlaymiz. Biz rossiyaliklar bilan uchrashuvlarga qarshi emasmiz va uchrashuv bo‘sh qolmasligi va haqiqatan ham urush tugashini yaqinlashtirishi uchun ularning “memorandumini” kutamiz”, deb yozdi Umarov.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya delegatsiyaning Ukrainaga hujjat nusxasini topshirishi uchun kamida to‘rt kun qolgan.
“Rossiya tomoni jo‘nab ketishiga yana kamida to‘rt kun qolganida o‘z hujjatlarini rasmiylashtirish uchun bizga topshirishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi vazir.
Umarovning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Moskva o‘z hujjatini materiallar almashinuvidan so‘ng darhol jo‘natish majburiyatini olgan edi.
“Biz Rossiya tomonini bu va’dani zudlik bilan bajarishga va uchrashuvni buzishga urinishni bas qilishga chaqiramiz. Diplomatiya mazmunli bo‘lishi va yangi uchrashuv natija bo‘lishi kerak”, deya xulosa qildi u.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida so‘nggi uch yil ichida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Rossiya delegatsiyasiga mamlakat Prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashinuvi bo‘yicha eng yirik kelishuvga erishdi. Shuningdek, tinchlik kelishuvi shartlari bo‘yicha memorandum ustida ish boshlashga kelishildi. Uchrashuvdan so‘ng Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov navbatdagi muhim qadam sifatida Prezidentlar Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukrainaga ikkinchi raund muzokaralarini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa 27 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. Donald Tramp ham kecha, 28 may kuni Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Live
Barchasi