Ukraina Polshani urush oxirigacha do‘sti deb biladi – Podolyak

Olam

image

Ukraina Polshani jangovar harakatlar tugagungacha o‘zining yaqin do‘sti deb biladi va shundan so‘ng Kiyev o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qiladigan davlatlar o‘rtasida raqobat boshlanadi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak “Dom” telekanali efirida aytdi.

“Bugungi kunda bizning eng yaqin hamkorimiz va do‘stimiz – Polsha. Qoida tariqasida, urush oxirigacha shunday bo‘ladi. Oxir-oqibat, albatta, raqobatbardosh munosabatlarga ega bo‘lamiz, shu jumladan ma’lum sohalarda, iste’mol bozorlari va boshqalar uchun raqobatlashamiz. Barchamiz, albatta, ukrainparast pozitsiyadamiz, Ukraina manfaatlarini himoya qilamiz”, deydi Podolyak.

Shuningdek, u Varshava va Kiyev o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni hech qanday tanaffusga olib kelmaydigan muhokama deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokama iloji boricha ochiq o‘tkazilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina va Polsha o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgandi. Gap shundaki, 31 iyul kuni Polsha Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro siyosat bo‘limi boshlig‘i Marchin Pshidach matbuotga bergan intervyusida Kiyev Varshavadan katta yordam olgani, Ukraina so‘nggi paytlarda Polsha o‘ynagan rolini qadrlashi kerakligini aytgandi.

O‘sha kuni kechqurun Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga Pshidachning mazkur bayonotini asossiz va “xiyonatga teng” deb atagandi.

Shundan so‘ng, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha bilan diplomatik mojaro haqida tushuntirish berib, Ukraina Polshaning tarixiy yordamini qadrlashini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Mixail Podolyak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing