Ukraina NATO sammitida havo mudofaasi bo‘yicha “xushxabar” oladi – AQSH rasmiysi
Olam
−
02 iyul
4493Ukraina kelasi hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘llash borasida yaxshi xabar olishi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 2 iyul kuni AQSH Davlat departamentining yuqori martabali rasmiysiga tayanib “Reuters” xabar berdi.
“Umid qilamizki, biz sammitga boramiz va havo mudofaasi bo‘yicha yangi rejalarni e’lon qilamiz”, degan ismini oshkor qilishni istamagan amaldor.
Qayd etilishicha, liderlar 9 iyuldan 11 iyulgacha NATO sammitiga yig‘ilishadi. Bu galgi yig‘ilish harbiy ittifoqning 75 yilligini nishonlash uchun mo‘ljallangan. Biroq mamlakatning ushbu yuqori mansabdori qo‘shimcha rasmiy ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Yevropa Ittifoqi va AQSHdan harbiy yordam sifatida yiliga 60 milliard dollar olishi aytilgandi. Shuningdek, NATO Bosh kotibi o‘zgargani, ushbu lavozimga Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte tayinlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi