Ukraina mustaqilligi xavf ostida — Zelenskiy NATOni imillamaslikka chaqirdi
Olam
−
07 iyun 2021
5829Ukraina mustaqilligi xavf ostida, shu sababdan mamlakat zudlik bilan NATOga a’zo bo‘lib kirishi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Axios” portaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“NATO bizni o‘z a’zolari safida ko‘rishni chin dildan xohlasa, unda durbin orqali uzoq kelajakka qarash va kelajakni muhokama qilishdan foyda yo‘q. Muammo zudlik bilan hal qilinishi kerak. Hozirda bizning mustaqilligimiz xavf ostida va biz yordamga muhtojmiz” deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina oxir-oqibat NATOga qo‘shiladi, ammo mamlakat fuqarolari bunga ko‘p ham ishonmayapti va katta muammolardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2014 yilning dekabr oyida Ukraina Oliy Radasi ikki qonunga o‘zgartish kiritib, mamlakatning harbiy bloklarga qo‘shilmaslik maqomini bekor qilgan. Lekin 2016 yil iyun oyida esa NATOga qo‘shilish Ukrainaning tashqi siyosiy maqsadi ekani haqida qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi. 2019 yil fevral oyida Ukraina parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritgan edi.
NATO rahbarlarining navbatdagi sammiti kelasi hafta Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi