Ukraina mojarosi ortidan Rossiya va NATO o‘rtasida urush chiqishi mumkin – Stoltenberg

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina mojarosi Rossiya va NATO alyansi o‘rtasida urushga olib kelishi mumkin. Bu haqda tashkilotning Bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiyaning NRK telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Ukrainadagi urush nazoratdan chiqib, NATO va Rossiya o‘rtasida katta urushga aylanib ketishidan qo‘rqaman. Biroq bizning bundan qochib qutulishimizga ishonchim komil", deydi Bosh kotib.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, agar nimadir noto‘g‘ri bo‘lib qolsa, hamma narsa dahshatli tus olishi mumkin.

"Men hammasi juda jiddiy ekanini his qilyapman. Bu Yevropa va Norvegiya uchun muhim vaqt. Agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lib qolsa, hammasi dahshatli tarzda tus olishi mumkin", deydi u.

U Kiyevga yordam haqida gapirar ekan, faqat kuchli Ukraina tinchlikni ta’minlashi mumkinligini ta’kidladi. 

"Qaysidir nuqtada quruq gap befoyda bo‘ladi. Bu yerda Ukrainaga harbiy yordam berish foydali bo‘ladi. Faqat kuchli Ukraina tinchlikka olib keladi" deya xulosa qilgan NATO Bosh kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Yens Stoltenberg

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing