Ukraina masalasi: Rossiyaning Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishida siyosiy sabab bormi?
Olam
−
13 aprel 2021
8520Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi 15 apreldan 1 iyungacha Turkiya bilan muntazam va charter reyslarni cheklagani haqida xabar bergan edik.
Keyinroq, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning bunday cheklovlar qo‘yishiga Turkiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani sabab bo‘lmoqda degan qarashlar paydo bo‘ldi.
Shundun so‘ng jurnalistlar bunga oydinlik kiritish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga savol bilan yuzlandi.
“Rossiyaning Turkiya bilan aviaqatnovlarni cheklashi siyosiy sabablarga ega emas va faqatgina respublikada (Turkiyada – tahr.) COVID-19 virusining tarqalishi bilan bog‘liq”, deydi Peskov.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya hozirda koronavirus pandemiyasining eng og‘ir bosqichini boshdan kechirmoqda. Ayni vaqtda mamlakat aholisining kamida 80 foizi koronavirus kasalligi xavfi yuqori bo‘lgan shaharlarda yashayapti.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qrimni Rossiyaniki deb tan olmasligi hamda Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
2014 yilda Rossiya Qrim yarimorolini referundum orqali o‘ziga qo‘shib olgan.
LiveBarchasi