Ukraina Kurskka yirik dron hujumi uyushtirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk va Rostov viloyatlari bugun, 26 iyunga o‘tar kechasi va bugun ertalab Ukraina dronlari yordamida amalga oshirilgan hujumlarining asosiy nishoniga aylandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Umuman olganda, havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya Federatsiyasi hududlari va anneksiya qilingan Qrimga uchirilgan 50 ta Ukraina dronlarini tutib, yo‘q qildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligining ertalabki hisobotida aytilishicha, Ukraina kechasi Kursk viloyatida 23 ta, Rostov viloyatida 11 ta, Bryansk viloyatida 6 ta uchuvchisiz uchish apparati uchirgan. Hujumning boshqa hududlari: Belgorod viloyati (3 ta dron), Mordoviya Respublikasi va Kaluga viloyati (har biri bitta dron) va anneksiya qilingan Qrim hududi (2 ta dron). Bundan tashqari, Moskva viloyatida jami 3 ta dron yo‘q qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan ikki nafari Moskva tomon uchayotgan bo‘lgan. 26 iyun kuni ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi Bryansk viloyati uzra yana oltita Ukraina dronlarini tutib olgani haqida xabar berdi.

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz  ertalab soat 8 larda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari samolyot tipidagi oltita dronni yo‘q qilgani haqida xabar berib, “talafot ko‘rganlar va vayronagarchiliklar yo‘qligini” ma’lum qildi.

Keyinroq, soat 13:00 atrofida u Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Bryanskka hujum qilgani, oqibatda, uning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar tinch aholi, jumladan, bir bola jarohatlangani haqida yozgan.

“Ayni paytda jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilib, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi”, deyiladi gubernator postida.

Kursk viloyati rahbari Aleksandr Xinshteyn 26 iyun kuni ertalab Sudja shahriga yaqinlashayotganda tunda fuqarolik avtomobilini mina portlatib yuborgani haqida xabar berdi.

“Mashinada shahar holatini ko‘rmoqchi bo‘lgan 53 yoshli erkak bo‘lgan. Portlash oqibatida uning yopiq bosh miya suyagi shikastlangan, yuzi kesilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi jabrlanuvchini Kursk viloyat shifoxonasiga olib bordi – shifokorlarimiz unga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi”, dedi Xinshteyn.

O‘z navbatida, Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar dronlar Neklinovskiy va Matveyevo-Qo‘rg‘on tumanlarida urib tushirilganiga aniqlik kiritdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar yo‘q”, deyiladi uning postida.

Marjona Murodova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing