Ukraina xalqi talab qilmaguncha saylovlar kerak emas – Yevrokomissiya
Olam
−
28 mart
2389Ukrainada prezidentlik saylovlari Ukraina xalqi talab qilmaguncha o‘tkazilishi kerak emas. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati rahbari Paula Pino bugun, 28 mart kuni Bryusseldagi brifingda so‘z ochdi.
Uning ta’kidlashicha, Vladimir Zelenskiy demokratik yo‘l bilan saylangan va agar Ukraina jamiyati saylovlar o‘tkazish bo‘yicha talablarni ilgari surmasa, boshqa hech kim ularni boshlashni talab qila olmaydi.
Bu izoh jurnalistlarning Zelenskiyning prezidentlik lavozimida bo‘lishining qonuniyligi bo‘yicha Rossiya pozitsiyasini baholash haqidagi iltimosiga javoban aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukraina rahbariyati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Biroq u saylovlar qanday shartlarda va qachon o‘tkazilishi borasida ma’lumot bermagan. Kecha, 27 mart kuni esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Arxangelsk” atom suvosti kemasi dengizchilari bilan uchrashuvda Ukrainada BMT va bir nechta davlatlar homiyligida vaqtinchalik boshqaruvni joriy etish masalasini muhokama qilishni taklif qilgan, shuningdek, ushbu boshqaruv ostida saylovlar o‘tkazish g‘oyasini ilgari surgandi.
LiveBarchasi