Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni yaralangan bo‘lishi mumkin

Olam

image

Ukraina Quroli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy shu oy Xerson yaqinida Rossiya raketa zarbalari oqibatida yaralangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib xabar berdi

Rossiya nashrlarining xabarlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy shu oyning boshida Rossiya qo‘shinlari tomonidan Xerson yaqinidagi Posad-Pokrovskoye qishlog‘i yaqinida joylashgan qo‘mondonlik punktiga qilingan raketa hujumida boshidan jarohat olgan. 

Rossiya harbiy tuzilmalari vakilining aytishicha, Zalujniyni birinchi yordam ko‘rsatish uchun Nikolayevga, u yerdan esa vertolyotda Kiyevdagi harbiy gospitalga olib borishgan. Nikolayevda Zalujniyga qon ketishini to‘xtatish uchun birinchi yordam ko‘rsatilgan. Kiyevda esa uning bosh suyagi trepanatsiyasi (suyak bo‘shlig‘ini teshib ochish bo‘yicha operatsiya – tahr.) amalga oshirilgan. Shuningdek, bosh qo‘mondonning xizmatni davom ettira olmasligi ham qo‘shimcha qilingan. 

Ukraina tomoni hozircha bu xabarga munosabat bildirmagan. 

Ma’lumot uchun, Zalujniy bir necha haftadan beri ommaga ko‘rinish bergani yo‘q. Masalan, 10 may kuni u NATO harbiy qo‘mitasining bosh shtab boshliqlari darajasidagi majlisida ishtirok etishdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan. Keyinroq uning yaralangani yoki o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalgan. Ukraina Mudofaa vazirining o‘rinbosari Anna Malyar Bosh komissar o‘z vazifasini bajarishda davom etayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Valeriy Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing