Ukraina qachon F-16 dan foydalanishi aytildi

Olam

image

Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ukrain uchuvchilari G‘arb va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan ilk marta kelasi bahorda foydalanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Bild” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

“Bu kelasi yilning bahorida sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lardim, chunki biz uchuvchilar, muhandis va texniklarimizni tayyorlash kurslarini boshladik”, deydi Reznikov.

Shu bilan birga, u Ukrainada samolyotlar uchun infratuzilmani tayyorlash zarurligini qo‘shimcha qilgan. 

“Ehtimol, buning uchun kamida olti oy, balki biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘lar”, deydi vazir.

Shu bilan birga, Reznikov F-16 qiruvchilaridan foydalanish urushda katta burilish yasashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Portugaliya o‘z hududida ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Bunday taklif Gretsiya tomonidan ham berilgandi. 20 avgustda esa u Amsterdam bilan Kiyevga 42 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Daniya ham Ukrainaga 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishga tayyorligini bildirdi. Birinchi oltita samolyot shu yilning oxirigacha yetib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing