Ukraina inqirozi: Zelenskiy “homiylari” bilan uchrashadi 

Olam

image

Bugun, 19 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris bilan uchrashadi. Bu haqda Ukraina davlati rahbari idorasining xabarida aytiladi.

“Davlat rahbarining uchrashuvlari orasida quyidagilarni ta’kidlash lozim: Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan, Germaniya kansleri Olaf Shols bilan, AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris bilan, xalqaro moliya institutlari vakillari, Ukrainaning boshqa hamkorlari va do‘stlari bilan”, deyiladi hisobotda.

Ta’kidlanishicha, Zelenskiy Kiyevga qo‘shimcha harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishmoqchi. Prezidentning uchrashuvlar jadvali “dinamik” deb ataladi. Bugunning o‘zida u Kiyevga qaytishni rejalashtirmoqda. 

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, Prezident nutq so‘zlaydi, u soat 16:30 da (Toshkent vaqti bilan 20:30) “Yevropaning doimiy inqirozi: Ukraina va Yevropa xavfsizligi” muhokama panelida ishtirok etadi. 

“Tabiiyki, bu yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi muhokamalar Sharqiy Yevropadagi dolzarb tahdidlar va Ukraina atrofidagi vaziyatga bag‘ishlanadi. Shunday ekan, Ukrainaga oid masalalar Ukraina ishtirokida hal qilinishi uchun davlatimiz pozitsiyasini yetarlicha taqdim etish kerak. Mamlakat sharqidagi vaziyat to‘liq Ukraina xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi idora xabarida. 

Ma’lumot o‘rnida, Myunxendagi Xalqaro xavfsizlik konferensiyasida uch kun davomida 600 ga yaqin siyosatchi, ishbilarmon va ilmiy doiralar, shuningdek, inson huquqlari tashkilotlari vakillari qatnashadi. Forumda 35 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Asosiy mavzu Ukraina atrofidagi inqiroz bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing