Ukraina FIFA'dan Eronni Jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi

Sport

image

Ukraina futbol assotsiatsiyasi Eronni Jahon chempionatida ishtirok etishini taqiqlash iltimosi bilan FIFA'ga murojaat qildi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Ukraina tomoni Eron Rossiyaga qurol yetkazib berishini, shuningdek, Eron FIFA nizomi moddalarini buzayotganini da’vo qilmoqda.

Avvalroq bir guruh eronlik futbolchilar va futbol mutasaddilari FIFA'dan Eron terma jamoasini JCH-2022dan chetlashtirishni talab qilgan edi. 

Shuningdek, Dominikaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi elchisi FIFA prezidenti Janni Infantinodan Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Eron o‘rniga Italiyani qo‘shishni so‘ragandi. 

Eslatib o‘tamiz, mundial bahslari 20 noyabr kuni boshlanadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing